Foto: Daily Mail
Janubiy Avstraliyaning Port Noarlung shahrida it daryoda oqib ketayotgan bolani qutqarib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, avstraliyalik Rob Osborn Maks laqabli iti bilan birga sohilda sayr qilayotgan vaqt daryoda oqib ketayotgan bolaga ko‘zi tushgan.
Erkak suvga o‘zini tashlab bolani qutqarmoqchi bo‘lgan, ammo iti Maks undan avvalroq bola tomon suzib borayotganining guvohi bo‘lgan. Robning aytishicha, oqim chuqurlik tomon olib ketayotgan bolaning halok bo‘lishiga bir baxya qolgan.
Osborn bolaga baland ovoz bilan itning ismini aytib chaqirishini va Maksga kiydirilgan qutqaruv jileti belbog‘ini ushlab olishini aytgan. Bolakay belbog‘ni ushlab olganidan keyin it uni qirg‘oqqa olib chiqqan. Egasi Maksni shunchaki aytilgan ishni bajarganini ta’kidlab, itini qahramon deb atagan.
Ma’lumot uchun, bulldog va Staffordshir bulterer zotli itlar agressiv bo‘lgani uchun ularni uyda saqlab bo‘lmasligi aytiladi. Maks ham mazkur zotga mansub bo‘lishiga qaramay, kerakli vaqt va joyda jonbozlik ko‘rsata olgani ushbu fikrlarning o‘zgarishiga hissa qo‘shadi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi