Foto: YouTube
Qozog‘istonda 14 metrli muz «vulqon» paydo bo‘lgani tasvirlangan suratlar internetda tarqaldi. Ushbu tabiat mo‘’jizasini tomosha qilish uchun ko‘plab insonlar tashrif buyurmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Noodatiy «minora»ga oid kadrlarni mahalliy aholi va turistlar ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda. Bu turdagi muz tog‘lar Olmaota viloyatida oldin ham paydo bo‘lgan, biroq joriy yilda uning o‘lchamlari hayratlanarli. Quyidagi suratlar orqali muz inshootining o‘lchamini atrofidagi insonlar kattaligi bilan taqqoslash mumkin:
Foto: YouTube
Foto: YouTube
Foto: YouTube
Muz «vulqon» sovuq va qorli havo vaqtida yerosti suvlari chiqadigan joyda paydo bo‘ladi. Artezian suvlari fontan kabi otiladi, biroq sovuq sabab muz bo‘laklari ko‘rinishida muzlab qoladi. Kadrlarga yaxshilab e’tibor qilinsa, uning tubidan suv tomchilari otilayotganini kuzatish mumkin.
Tabiiy inshoot mahalliy diqqatga sazovor joyga aylangan. Bolalar muz «vulqon»ning qiyaliklari bo‘ylab chana uchmoqda, kattalar esa u ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushyapti.
Foto: YouTube
Foto: YouTube
Foto: YouTube
Foto: YouTube
Foto: YouTube “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi