Foto: EPA
Shimoliy Koreya xakerlari 2019 yildan 2020 yil noyabr oyigacha bo‘lgan oraliqda 300 million AQSH dollaridan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirishga erishgan. Pullar mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va yadro qurolini yaratish bo‘yicha dasturni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Bu haqda BMT ekspertlariga tayanib CNN xabar qilgan.
Mutaxassislarning hisobotlarida qayd etilishicha, deyarli bir yil ichida KXDR xakerlari bir necha marta moliyaviy muassasalar hamda raqamli valyuta ayirboshlash onlayn-servislariga hujum qilgan. Kiberhujumlar oqibatida 316 million dollardan ziyod mablag‘ o‘g‘irlangan.
O‘g‘irlangan pullar og‘ir ahvolda qolgan Shimoliy Koreya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatdagi yadro ob’ektlari, infratuzilmani rivojlantirish, ballistik raketalar va boshqa yo‘nalishlarga sarflangan.
Mutaxassislarning fikricha, Shimoliy Koreya hukumati endi har qanday masofadan nishonni ura oladigan ballistik raketlarining har biriga yadro o‘q-dorilarini joylashtirishi mumkin. KXDR rasmiylari BMT ekspertlari bergan ushbu ma’lumotlar yuzasidan haligacha izoh bermagan.
Avval KXDR xakerlarining Ukrainadagi mudofaa korxonalariga hujum uyushtirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, Shimoliy Koreya xakerlari COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinalarni olish uchun ularni tayyorlayotgan korxonalarga ham hujum qilgan. Jumladan, ular AstraZeneca vaksinalariga oid axborotlarni o‘g‘irlashga uringan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi