Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Amerikalik Jozef Valades 62 yoshda. O‘z iqroriga ko‘ra, kambag‘al oilada tug‘ilgan, bolaligi ko‘chada o‘tgan, keyin esa jinoyat olami: bosqinchilik, narkotiklar, xullas, umrining asosiy qismi panjara ortida o‘tgan.
Endi u qilmishlaridan, umrini behuda o‘tkazib yuborganidan pushaymon. Ammo qo‘l qovushtirib o‘tirgani ham yo‘q: 2014 yili giyohvandlikdan davolandi, Kaliforniya universitetining sotsiologiya fakultetiga o‘qishga kirib, «a’lo»ga bitirdi. Ayrim fanlarni sirtdan kompyuterda, ba’zilarini o‘zi singari tavba qilgan mahkumlarni o‘qitishga kelgan o‘qituvchilardan o‘rgandi.
«Onam hayot bo‘lganida, men bilan faxrlangan bo‘lardi. Qachonlardir aqlimni yig‘ib, to‘g‘ri yo‘lga kirishimga u doim ishonardi. Mendan umidini aslo uzmagan yagona inson — onam edi. U doim sen aqllisan derdi», — ta’kidlaydi Jozef.
Jozef Valades ma’rifat yo‘liga kirganini ijtimoiy tarmoqda yozib, magistrlik diplomini ko‘ksiga bosib tushgan suratini ilova qilib qoldirdi. O‘z murojaatida o‘quvchilarini hayotdagi mashaqqatlarga qaramay bilim olishga chorladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin