Foto: Getty Images
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp fevral oxirida konservativ siyosatchilar va faollar an’anaviy anjumanida nutq so‘zlaydi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. Bu uning davlat rahbari lavozimini tark etganidan keyin birinchi marta ommaviy tadbirda qatnashishi bo‘ladi, deb yozadi «RBK».
CNN xabariga ko‘ra, anjuman 28 fevral kuni Orlando (Florida shtati)da bo‘lib o‘tadi. The Hill ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Respublikachilar partiyasi va konservativ harakatning kelajagi haqida gapirmoqchi.
Amerika Konservativ ittifoqi Tramp so‘zga chiqishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Ushbu anjuman odatda Merilendda o‘tkaziladi, ammo bu yil pandemiya tufayli uni Orlandoga ko‘chirishga qaror qilishdi, u Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini tiklashni va jurnalistlar bilan yana muloqot qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Ta’kidlanishicha, sobiq prezident «uning impichmentini qo‘llab-quvvatlagan yoki noyabrdagi saylov natijalarini bekor qilish harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan respublikachilardan qasos olishni istayapti».
Yanvar oyida Donald Tramp Florida shtatida o‘z vakolatxonasini ochgan edi. U «sobiq prezident devoni» deb nomlangan. Devonxona Trampning yozishmalari, ommaviy bayonotlari va nutqlari bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi