09:39 / 23.02.2021
1 644

Venesuela prezidenti avtobus haydovchiligiga qaytmoqchi ekanini aytdi

Venesuela prezidenti avtobus haydovchiligiga qaytmoqchi ekanini aytdi
Nikolas Maduro. Foto: EPA
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bir kuni shahar avtobus haydovchisi kasbiga qaytish umidi borligini aytdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

«Umid qilamanki, bir kuni prezidentlik lavozimidan ketganimda, men ushbu sohaga boshimni tik tutgancha, uniformam bilan qaytib boraman, avtobus minib ko‘chaga chiqaman va Venesuela xalqiga oddiy ishchi sifatida xizmat qilaman», — dedi prezident VTV kanali efirida namoyish etilgan transport sohasi ishchilari bilan uchrashuvda.

Nikolas Maduro o‘rta ma’lumotni ancha ulg‘aygan yoshida olgan: u norozilik namoyishi uyushtirgani uchun maktabdan haydalgan. O‘smirlik davridayoq so‘l partiya faoli edi, keyinchalik avtobus haydovchisi va Karakas metrosi ishchilarining kasaba uyushmasi a’zosi bo‘ldi. Kubada chap siyosatchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Gavana maktabida olgan ta’limi vatanidagi siyosiy karerasiga poydevor bo‘ldi.

Maduro bo‘lajak prezident va sotsialistlar yetakchisi Ugo Chaves bilan 1990 yillarning boshida to‘ntarish tashabbusining muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan so‘ng yaqindan tanishib qoldi, uning partiyasi a’zosiga aylandi va 1998 yilda respublika kongressi deputati etib saylandi. 2005 yilda Milliy assambleya spikeri, 2006 yili esa Ugo Chaves hukumatining tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi. Saraton kasalligidan vafot etishidan bir necha oy oldin, 2012 yil dekabr oyida Chaves fuqarolarga bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Maduroning nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘rab murojaat qildi.

Nikolas Maduro 2013 yil aprel oyida Venesuela prezidenti lavozimini egalladi. 2019 yil boshida prezident Nikolas Maduroning qasamyodidan ko‘p o‘tmay, unga qarshi katta norozilik namoyishlari boshlandi. Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi bir qator G‘arb davlatlari Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydoni prezident sifatida tan olishini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuela prezidenti avtobus haydovchiligiga qaytmoqchi ekanini aytdi