Foto: Unsplash
Vidam Perevertilov ismli litvalik dengizchi kemadan tushib ketib, o‘zini qutqarib olishgunlariga qadar Tinch okeanida 14 soatdan ortiq baliqchilarning eski buyiga (suvda sayozlik, yo‘l va hokazolarni ko‘rsatadigan qalqovich belgi) osilib turdi, deb xabar beradi Esquire.
52 yoshli Perevertilov yuk kemasida ishlagan va tungi smenadan so‘ng, o‘zini yomon his qila boshlagan. Shunda u o‘ziga kelib olish uchun palubaga chiqishga qaror qilgan va bortdan yiqilib tushgan. Dengizchining o‘g‘lini so‘zlariga ko‘ra, otasi hushini yo‘qotgani sabab qanday qilib yiqilganini eslay olmaydi.
Ekipaj Perevertilovning yo‘qolganini oradan olti soat o‘tgach payqab qolgan, shu sababli kema harakatlanishni davom etgan — Yangi Zelandiyaning Tauranga va Britaniya tomonidan izolyatsiyalangan Petkern hududi o‘rtasiga kelib qolgan. Dengizchi qutqaruv nimchasiz va deyarli holsiz bo‘lgan, biroq taslim bo‘lmasdan, suzishda davom etgan. Qaysidir onda u suv yuzasida qora dog‘ni ko‘rib qolgan va unga yaqinlashgan. Bu baliqchilarning eski buyi ekanligi ma’lum bo‘lgan. U hech qayerga qotirilmagan va okeanda chiqindi kabi suzib yurgan.
Perevertilovni qidirish ishlariga Fransiya Polineziyasining qutqaruvchilari va meteorologlari ham jalb etilgan. Vidam suvga tushib ketganidan 14 soat o‘tib topilgan. Quyosh uning terisini kuydirib yuborgan, biroq u omon qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi