10:35 / 02.03.2021
2 281

Ish haftasi eng qisqa mamlakat nomi e’lon qilindi

Ish haftasi eng qisqa mamlakat nomi e’lon qilindi
Foto: European Commission
Niderlandiya ish haftasi eng qisqa bo‘lgan davlat sifatida e’tirof etildi. Bu haqda LADbible xabar berdi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) statistikasi Niderlandiyada eng qisqa ish haftasi joriy qilinganini ko‘rsatdi. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ayollar bir haftada o‘rtacha 25 soat, erkaklar esa 34 soat ishlaydi. Ya’ni mahalliy aholi haftasiga o‘rtacha 29 soat mehnat qiladi, bu esa to‘rt ish kuniga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, Niderlandiyaning bandlik ko‘rsatkichlari 76 foizni tashkil etadi, shuning uchun, bu mamalakatda osonlik bilan ish topish mumkin. Ma’lumot uchun, OECD statistikasi 35 ta davlat ma’lumotlariga tayanib chiqarildi.

Statistikaga ko‘ra, bandlikning eng yuqori ko‘rsatkichi 86 foiz natija bilan Islandiyaga tegishli, lekin haftalik ish vaqti 39 soatni tashkil qiladi. Janubiy Afrikada bandlik darajasi 43 foizni tashkil qiladi, aholi haftasiga o‘rtacha 43 soat mehnat qiladi. Turkiya va Kolumbiyada eng uzun ish soatlari qayd etilgan, bu davlatlarda aholi haftasiga o‘rtacha 48 soat ishlaydi.

Ta’kidlanishicha, Yevropa aholisi boshqa qit’alar aholisiga nisbatan kamroq ishlaydi. Chunki ish haftasining davomiyligi o‘rtachadan pastroq bo‘lgan 16 mamlakatning 15 tasi Yevropa davlatlari hisoblanadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlarining so‘l partiya koalitsiyasi va kasaba uyushmalari koronavirus ta’siridan tezroq o‘nglanish uchun to‘rt kunlik ish haftasi joriy etilishini taklif qilgan edi. Koalitsiyaning ta’kidlashicha, inqiroz va iqtisodiy tanazzul davrida ish vaqtining qisqarishi butun tarix davomida o‘z samarasini ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Ispaniya — bunday ish rejimini joriy qilishga qaror qilgan Yevropadagi birinchi davlatlardan biri. Mamlakat hukumati milliy ko‘lamdagi to‘rt kunlik ish haftasini joriy etadigan tajriba loyihasini ma’qulladi. Hukumat ish haqini saqlab, ish vaqtini 40 soatdan 32 soatgacha qisqartiradigan kompaniyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ish haftasi eng qisqa mamlakat nomi e’lon qilindi