22:15 / 12.03.2021
2 201

Pokistonda TikTok taqiqlandi

Pokistonda TikTok taqiqlandi
Foto: The Steppe
Pokiston sud qaroridan keyin TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bloklaydi. Bu haqda mamlakatning telekommunikatsiyani tartibga soluvchi tashkiloti vakili Xurram Mehranga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

«Sud Pokiston telekommunikatsiya idorasidan TikTok’ga kirishni bloklashni so‘radi», — deb xabar berdi Mehran Dawn gazetasiga hamda ushbu buyruq bajarilishini qo‘shimcha qildi.

Peshavor shahri yuqori sudining ta’kidlashicha, sud tarmoqning axloqsiz kontent tarqatayotgani haqidagi arizachining dalillari bilan tanishib, dasturni bloklash to‘g‘risida buyruq bergan. TikTok’ning Pokistondagi vakilining aytishicha, u sud qarori haqida eshitgan va kompaniya keyinroq bu masala yuzasidan izoh beradi.

TikTok dasturi Pokistonda 2020 yilning oktabr oyida bloklangan edi, lekin 10 kun o‘tib, kompaniya mahalliy qonunlarga muvofiq akkauntlarni moderatsiya qilishni o‘z zimmasiga olganidan keyin taqiq bekor qilingan.

Pekindagi ByteDance kompaniyasiga tegishli bo‘lgan, qisqa videolar yaratish va ko‘rish uchun mo‘ljallangan TikTok Pokistonda WhatsApp va Facebook’dan keyin eng ko‘p yuklab olingan dasturlardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning sentabr oyida Ozarbayjon hukumati ham Armaniston bilan mojaro avj olib borayotgan bir paytda ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni bloklab qo‘ygan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda TikTok taqiqlandi