date
views 2 947

Ukrainada Qrimni qaytarib olish bo‘yicha strategiya qabul qilindi

Ukrainada Qrimni qaytarib olish bo‘yicha strategiya qabul qilindi
Foto: Izvestiya
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Qrimni Kiyev nazorati ostiga qaytarish bo‘yicha strategiyani qabul qildi. Bu haqda Qrimning kurortlar va turizm bo‘yicha sobiq vaziri Aleksandr Liyev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qrim ma’muriyati bilan hech qanday aloqa o‘rnatmasligi hamda bu yerda o‘tkazilayotgan saylovlarni tan olmasligi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar yumshatilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

Ukraina xalqaro sudlardagi ishlarni kuchaytiradi hamda qrimliklarni Ukraina oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati bilan ta’minlaydi, deb qo‘shimcha qildi Liyev.

14 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining operativ bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Viktor Nazarov Ukraina 2014 yilda Qrimni qaytarib olish uchun urush boshlamoqchi bo‘lganligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu reja mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Mixail Kutsin tomonidan rad etilgan.

Qrim 2014 yil 16 martida o‘tkazilgan referendum asosida Rossiya tarkibiga kiritilgandi. O‘shanda Qrimda RF qurolli kuchlarining harbiy bo‘linmalari joylashtirilgan, prezident Vladimir Putin bu harbiylar «Qrim xalq mudofaa kuchlariga ko‘mak sifatida yuborilgani» haqida aytgandi. 17 mart kuni Qrim parlamenti mustaqillik haqida farmon qabul qilib, Qrimni Rossiya tarkibiga sub’ekt sifatida qo‘shib olish uchun murojaat qiladi. 18 mart kuni Vladimir Putin Qrim Respublikasini mustaqil davlat sifatida tan olish haqida qaror imzolaydi. Shu kunning o‘zida Rossiya va Qrim respublikani hamda Sevastopol shahrini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiritish bo‘yicha kelishuv imzolaydi.

2014 yil 27 mart kuni BMT Bosh assambleyasi Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan oladigan rezolyutsiyani qabul qilgan. Unda referendum qonuniy kuchga ega bo‘lmaganligi aytilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Qrimni qaytarib olish bo‘yicha strategiya qabul qilindi
-->