
Turkmaniston parlamenti tomonidan «Xizmat ko‘rsatgan it boquvchi» hamda «Xalq itboqari» faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihalari qabul qilindi. Bu haqda «Turkmenportal»ga «Rembler» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tegishli qonunlar Turkmaniston majlisi tomonidan navbatdagi yig‘ilishda qabul qilingan. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu faxriy unvonlarning ko‘rinishlarini shaxsan tasdiqlagan.
Turkmaniston parlamentining ta’kidlashicha, dunyoda tarixiy va madaniy merosni saqlash va ommalashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Turkman alabayi yoki bo‘ri iti Turkmanistonning milliy boyligi hisoblanadi. Rasmiy ruxsatsiz uni xorijga eksport qilish taqiqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar