22:01 / 20.03.2021
1 848

Pikapda ekstremal sakrashni amalga oshirgan amerikalik erkakka nisbatan 18 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Pikapda ekstremal sakrashni amalga oshirgan amerikalik erkakka nisbatan 18 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Baliqchilik bo‘yicha komissiya mahalliy aholini atrof-muhit himoyasi to‘g‘risidagi qonunni buzishda aybladi. Bloger o‘zining YouTube’dagi kanaliga 712 ot kuchiga ega Ram 1500 TRX rulida ekstremal tryukni bajarganini joylashtirgan, deb xabar beradi Motor.

E’lon qilingan videoda bloger Ram 1500 TRX’ni Pensilvaniya shtatidagi o‘rmonlarning birida sinovdan o‘tkazgan. Test-drayv vaqtida erkak katta tezlikda suv to‘siqlarini bosib o‘tgan, shuningdek, irmoq ustidan sakrashni amalga oshirgan. Bu kabi tryuklarning birida avtomobilning hatto orqa oynasi ham sinib ketgan.

Video e’lon qilinganidan so‘ng, shtatning Baliqchilik bo‘yicha komissiyasi blogerning ustidan shikoyat qilgan. Ularning fikricha, erkak atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazgan. Idora vakillarining ma’lum qilishicha, sinov vaqtida video muallifi suv hududiga noqonuniy kirgan, irmoq yaxlitligini buzgan, shuningdek, mahalliy fauna olamini yakson qilgan. Endilikda erkak katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Bundan tashqari, blogerga nisbatan atrof-muhit himoyasi to‘g‘risidagi qonunni buzganligi uchun 18 ta jinoyat ishi ochilgan.

Blogerning ma’lum qilishicha, u ekstremal videoni shaxsiy hududda suratga olgan bo‘lib, suratga olish ishlarini yer egasi bilan kelishib olgan. Bundan tashqari, u o‘zining xatti-harakatlari atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazmaganiga ishonmoqda. Amerikalikni qanday oqibatlar kutayotgani hozircha noma’lum. Har ehtimolga qarshi, erkak yuristlarga murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pikapda ekstremal sakrashni amalga oshirgan amerikalik erkakka nisbatan 18 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi