Ingliz maxsus xizmatlari rus tilini mukammal biladiganlarni ishga olishini e’lon qildi

Dunyo1 daqiqa o'qish7.3K
Ingliz maxsus xizmatlari rus tilini mukammal biladiganlarni ishga olishini e’lon qildi
Ingliz maxsus xizmatlari rus tilini mukammal biladiganlarni ishga olishini e’lon qildi

Britaniya kontrrazvedka (MI5) va razvedka xizmati (MI6) o‘z saytlarida rus tilini mukammal biladiganlarni ishga olishi haqida e’lon joylashtirdi.

MI5 tashkilotiga ishga kirganlarga tergov guruhlari tarkibida ishlash taklif etiladi. Ushbu ish rus tilida yozib olingan telefon suhbatlarini tinglash va qo‘lga kiritilgan hamda musodara qilingan hujjatlarni o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Ishga da’vogarlik qilayotganlarning nafaqat rus tilini yaxshi bilishlari, balki “rus madaniyati, tarixi, siyosati, mafkurasi va iqtisodiyotini ham bilishlari” yuqori baholanadi. Ishdan maqsad – “mamlakat milliy xavfsizligiga yashirin tahdidlar haqida asoslangan tasavvurni” yaratishdan iborat.

Ishga da’vogarlar albatta britan fuqaroligiga ega bo‘lishlari hamda “o‘z muvaffaqiyatlari haqida tvitterda jar solmaydigan darajada ehtiyotkor” bo‘lishlari lozim, deb ta’kidlab o‘tdi The Telegraph nashri.

MI6 razvedka xizmati ishga kirayotganlarga “bir vaqtning o‘zida ham qiziqarli, ham foydali” ish bilan mashg‘ul bo‘lishlariga va’da bermoqda. “Bo‘lg‘usi Jeyms Bondlar”ni “tezkor guruhlar tarkibida” ishlash kutmoqda.

“Bu vaziyat Rossiya bilan munosabatlar sovuq urushdan beri kuzatilmagan keskinlashuv darajasiga yetganidan guvohlik beradi”, deb maxsus xizmatlar e’loniga izoh berib o‘tdi The Telegraph gazetasi.

Manba: www.kun.uz

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?