Foto: Videodan kadr
Rossiya tarkibiga kiruvchi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahridagi Davlat sirkida 21 mart kuni tomosha ko‘rsatayotgan fil sherigiga hujum qildi. Bu haqda sirk vakiliga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, maydonga olib chiqilgan ikkita filning biri ikkinchisini yiqitib, maydonning chetiga itarib yuborgan. Ularga yaqin o‘tirgan odamlar qochib ketgan.
Sirk vakili «RIA Novosti»ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hech kim zarar ko‘rmagan. Hayvon o‘rgatuvchilar tajovuzkor filni haydab, jonivorlarni ajratib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, 13 martdan boshlab Qozon sirkida «Fillar shousi va sirk sehri» dasturi doirasida tomoshalar bo‘lib o‘tmoqda. Sirkdagi fillar jangidan so‘ng, «texnik sabablarga ko‘ra» o‘sha kuni soat 17: 00 ga belgilangan tomosha bekor qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi