JR taxallusi bilan tanilgan fransiyalik ko‘cha rassomi Renessans davriga oid, hozirda san’at galereyasi joylashgan Strozzi palazzosi devoriga 28 metrli installyatsiyani chizdi. Rassom o‘zining yangi ishini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.
«Jarohat» (La Ferita) nomini olgan 28 metrli surat optik illyuziya shaklida ishlangan.
Rassomning ishi saroy fasadidagi ulkan yoriqni eslatadi. Tashqariga bino ichidagi eksponatlar — «Bahor» va «Veneraning tug‘ilishi» kartinalari ko‘rinib turgandek (aslida ushbu kartinalar qo‘shni Uffitsi galereyasida joylashgan).
Bu fransiyalik rassom va galereyaning hamkorlikdagi ishi hisoblanadi. Uning asosiy g‘oyasini san’at har qanday sharoitda, hatto koronavirus pandemiyasi kabi davrda ham rivojlanishi mumkinligi tashkil etadi.
[media=https://www.instagram.com/p/CMk9ypwMoo_/?utm_source=ig_embed]
«JR’ning ‘Jarohat’ ishi orqali yangi dasturni ochmoqdamiz, installyatsiya o‘zida koronavirus vaqtida madaniyatga erishish qiyinchiligi va shu bilan birga ozodlik, ijodiy tasavvur va ishtirokni aks ettiradi, shuningdek, u tomoshabinlarni o‘zgacha yo‘llar bilan jalb etish imkoniyati hamdir», — deydi Palazzo Strozzi bosh direktori Arturo Galansino. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi