13:55 / 27.03.2021
2 256

Misr poytaxtida 10 qavatli uy qulab tushdi

Misr poytaxtida 10 qavatli uy qulab tushdi
Foto: «RIA Novosti»
Misr poytaxti Qohirada 27 mart kuni 10 qavatli uyning qulab tushishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohat olgan. Bu haqda «Al-Ahram» gazetasi xabar berdi.

Ayni paytda qutqaruvchilar tirik qolganlarni qidirishmoqda. Bundan tashqari, bino vayronalari ostida qolgan butun boshli oilani qutqarish ishlari ketmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, falokatga uyning egasi noqonuniy tarzda qo‘shimcha ikki qavat qurgani sabab bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misr poytaxtida 10 qavatli uy qulab tushdi