date
views 2 245

Italiyalik qochoq mafiozni YouTubedagi kanali fosh etib qo‘ydi

Italiyalik qochoq mafiozni YouTubedagi kanali fosh etib qo‘ydi
Foto: «News.myseldon.com»
Dominikan Respublikasi hukumati Italiya milliy taomlari retseptlari yoritiluvchi YouTube kanalini yaratgan qochoq mafiozni Italiyaga topshirdi, deya ma’lum qildi davlat politsiyasi.

Mark Feren Klod Biar 2014 yildan beri Redjo-Kalabriya janubiy provinsiyasida «ndrangeta» klanlaridan biri tomonidan tashkil etilgan giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi uchun hibsga olish orderidan yashirinib yurgan. Yetti yil o‘tgach uni Kosta-Rikadan ko‘chib o‘tgan Dominikan Respublikasidagi Boka-Chika kurortidan topishdi.

Qochoq mafioz mahalliy italiyaliklardan ajralmagan holda tinch hayot kechirgan: uni izlayotganlar uchun arvohga aylangandi.
Biar rafiqasi bilan birgalikda YouTube kanalini yuritishgan: Italiya milliy taomlariga bag‘ishlangan roliklarni joylashgan.

«Uning Italiya milliy taomlariga bo‘lgan muhabbati Internet va ijtimoiy tarmoqlarda izini topishga, shuningdek, videoda doimo yuzsiz tasvirlanadigan oshpazni tatuirovkasi orqali aniqlashga yordam berdi», — deyiladi xabarda.

O‘tgan hafta Interpol Italiya tergov organlari bilan hamkorlikda Biarni hibsga oldi. Dushanba kuni jinoyatchi qo‘riqchilar nazoratida Milanga uchib ketdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyalik qochoq mafiozni YouTubedagi kanali fosh etib qo‘ydi