Foto: «News.myseldon.com»
Dominikan Respublikasi hukumati Italiya milliy taomlari retseptlari yoritiluvchi YouTube kanalini yaratgan qochoq mafiozni Italiyaga topshirdi, deya ma’lum qildi davlat politsiyasi.
Mark Feren Klod Biar 2014 yildan beri Redjo-Kalabriya janubiy provinsiyasida «ndrangeta» klanlaridan biri tomonidan tashkil etilgan giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi uchun hibsga olish orderidan yashirinib yurgan. Yetti yil o‘tgach uni Kosta-Rikadan ko‘chib o‘tgan Dominikan Respublikasidagi Boka-Chika kurortidan topishdi.
Qochoq mafioz mahalliy italiyaliklardan ajralmagan holda tinch hayot kechirgan: uni izlayotganlar uchun arvohga aylangandi.
Biar rafiqasi bilan birgalikda YouTube kanalini yuritishgan: Italiya milliy taomlariga bag‘ishlangan roliklarni joylashgan.
«Uning Italiya milliy taomlariga bo‘lgan muhabbati Internet va ijtimoiy tarmoqlarda izini topishga, shuningdek, videoda doimo yuzsiz tasvirlanadigan oshpazni tatuirovkasi orqali aniqlashga yordam berdi», — deyiladi xabarda.
O‘tgan hafta Interpol Italiya tergov organlari bilan hamkorlikda Biarni hibsga oldi. Dushanba kuni jinoyatchi qo‘riqchilar nazoratida Milanga uchib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!