20:20 / 31.03.2021
3 521

«Oq otli shahzodalar»: Davlat rahbarlarining o‘g‘il farzandlari haqidagi ma’lumotlar (foto)

«Oq otli shahzodalar»: Davlat rahbarlarining o‘g‘il farzandlari haqidagi ma’lumotlar (foto)
Dunyo siyosatchilari va monarxlarning o‘g‘il farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Shahzoda Albert

Foto: Grazia
Iogannes va knyaginya Gloriyaning o‘g‘li shahzoda Albert eng kelishgan bo‘ydoqlardan biri. 36 yashar Albert hali hamon baxtini topib ulgurmagan. Otasining vafotidan keyin eng yosh milliarderga aylangan yigit bugungi kunda Germaniyadagi eng badavlat kishilardan biri hisoblanadi. Oila a’zolari bilan Regensburg qasrida yashaydigan Albert hayotini avtopoygalarsiz tasavvur qila olmaydi. Moliyaviy ahvoli 2 milliard dollardan ortiq deb baholanadigan yigit qalbini zabt etadigan qizni hali uchratmagan.

Nikolay Lukashenko

Foto: Grazia
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li Nikolay, modellarnikiga o‘xshash ko‘rinishi bilan allaqachon e’tibor jalb qilishga ulgurgan. Ayni vaqtda maktabda o‘qiydigan kichik Lukashenko ayni vaqtda imtihonlarga tayyorlanish bilan band. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadigan yigit, fortepiano chalishni yaxshi ko‘radi. Aleksandr Lukashenko shifokor bo‘lib ishlashini ta’kidlaganini aytmaganda, Nikolayning onasi kimligi haqida ma’lumot deyarli yo‘q.

Berron Tramp

Foto: Grazia
Yosh bo‘lishiga qaramay, Berron ham allaqachon e’tibor jalb qilib ulgurgan. Trampning merosxo‘ri maktabga qatnaydi va kompyuter o‘yinlari o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Yoshi 14 da bo‘lgan bolaning bo‘yi otasiga yetib qolgan.

Shahzoda Hamdan ibn Muhammad

Foto: Grazia
Dubay amirining 37 yashar o‘g‘li akasi o‘z huquqlaridan voz kechgach, taxt vorisligiga davogarlik qilmoqda. Ayni vaqtda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadigan Hamdan, autizm muammolarini o‘rganadigan jamg‘armalar faoliyati bilan qiziqadi. Bo‘sh vaqtlarida sport bilan faol shug‘ullanadigan shahzodaning moliyaviy ahvoli 18 milliard dollarga baholanadi. Hali o‘z baxtini topib ulgurmagan yigitning hayotidagi asosiy ayol uning onasi hisoblanadi. U bergan intervyularida onasining qilgan yaxshilik va mehribonliklari uchun minnatdorligini bildiradi.

Ilya Medvedev

Foto: Grazia
Ilya turli yillarda Rossiya prezidenti va bosh vaziri sifatida faoliyat olib borgan Dmitriy Medvedevning o‘g‘li. Bolaligida qilichbozlik, futbol va xorijiy tillarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lgan Ilya, «Yeralash» kinojurnalida ham ishtirok etgan. Maktabni tamomlab, Moskva davlat Xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)da o‘qigan yigitning suratini internetdan topish imkonsiz. Mish-mishlarga qaraganda uning qaylig‘i bor va uni ota-onasi bilan tanishtirishga ulgurgan. Ammo bu ma’lumot rasmiy tasdig‘ini topmagan.

Shahzoda Ioahim

Foto: Grazia
Belgiya malikasi Astrid va ersgersogi Lorens o‘g‘lining suratini turli jurnal muqovalarida ko‘rish mumkin. O‘rta maktabni tamomlaganidan keyin Belgiyaning harbiy dengiz flotida tahsil olgan yigit hayotini dengiz bilan bog‘lashga qaror qilgan. Ayni vaqtda Ioahim Belgiya dengiz-harbiy flotida ofitser sifatida faoliyat olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Oq otli shahzodalar»: Davlat rahbarlarining o‘g‘il farzandlari haqidagi ma’lumotlar (foto)