Foto: «Mexico News Daily»
Meksikada Partido Encuentro Social partiyasidan deputatlikka nomzod Karlos Mayorga sahnalashtirilgan dafn marosimidan so‘ng Syudad-Xuares shahridagi saylovchilarga murojaat qildi, deb yozadi «Mexico News Daily».
Internetda e’lon qilingan kadrlarda siyosatchi yotgan tobut mahalliy aholi bilan uchrashadigan joyga katafalkda olib kelinganligi namoyish etilgan. Maxsus kiyimdagi erkaklar tobutni mashinadan olib, stol ustiga qo‘yishdi. Hamma jim turgan paytda Mayorga tobutdan chiqib, kiyimlarini to‘g‘riladi va tabassum ila oldindan tayyorlab qo‘ygan nutqini boshladi.
Siyosatchi amaldagi hukumatni «jinoyatchilik keng avj olishi va koronavirus inqiroziga befarqlik» uchun tanqid qildi.
«Men Karlos Mayorga, va Meksika, Chixuaxua shtati, Syudad-Xuaresda siyosatchilarning befarqligi tufayli vafot etgan 1,5 million aholidan biriman», — dedi u.
Maqolada aniqlik kiritilishicha, nomzod mazkur aksiyasi bilan hukumatning befarqligi tufayli vafot etganlarga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, Mayorga hukumat odamlar turmush darajasi haqida qayg‘urmayotganidan, uyushgan jinoyatchilikka xohlagan ishini qilishiga ruxsat berayotganidan arz qilgan.
[media=https://twitter.com/Vicente_Galvez/status/1379501390985318403?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1379501390985318403%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.xabar.uz%2Fxorij%2Ftobutdan-chiqib-nutq-sozlagan-siyosatchi] “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»