Misrda arxeologlar uch ming yillik shaharni topdi

1 daqiqa o'qish2.4K
Misrda arxeologlar uch ming yillik shaharni topdi
Foto: AP
Zaxi Xavass boshchiligidagi misrlik arxeologlar Luksor (Misrning janubidagi shahar) yaqinidan qum ostiga ko‘milib ketgan uch ming yillik shaharni topdi. Bu haqda Misrning Ahram Online gazetasiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Shaharga Misrning eng buyuk hukmdorlaridan biri, eramizdan avvalgi 1391—1353 yillarda mamlakatni boshqargan 18-sulolaning to‘qqizinchi hukmdori Amenxotep III tomonidan asos solingan.

«Ko‘plab chet ellik tadqiqotchilar bu shaharni izladi, lekin topa olmadi», — dedi Xavass.

«Shaharning ba’zi devorlari uch metrgacha yetadi. Biz shaharning g‘arbiy tomonga — mashhur Dayr-al-Madinaga qadar cho‘zilganini bilamiz», — deb davom etdi Xavass.

Qazishma ishlari 2020 yilning sentabr oyida boshlangan edi va jamoa turli joylarda tuproqdan yasalgan g‘ishtlar topa boshladi. Natijada ular devorlari va xonalari deyarli to‘liq saqlanib qolgan, ichi kundalik buyumlari bilan to‘ldirilgan shahar binolarini topdi. Unga «yo‘qolgan oltin shahar» nomi berildi. Amenxotep III ning muhrlari tushirilgan zargarlik buyumlari, rangli loydan ishlangan idishlar va loydan yasalgan g‘ishtlar kabi ko‘plab arxeologik topilmalar shaharning tarixiyligini tasdiqladi.

Tarixiy shahar Madinat-habudagi Ramzes III maqbarasi va Memnondagi Amenxotep III maqbarasi orasida joylashgan. Misrlik tadqiqotchilar bu hududda Tutanxamon maqbarasini topish maqsadida ish boshlagan edi, lekin buning o‘rniga Misr imperiyasi davriga tegishli eng yirik ma’muriy aholi punktini topdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?