Sankt-Peterburgda Harbiy tibbiyot akademiyasi kursantlari bilan janjallashgan uchta kavkazlik hibsga olingan, deb xabar bermoqda Sargrad telekanali Sankt-Peterburgning Viborg tumani politsiyasining bayonotiga asoslanib. Uchalasi ham Dog‘istondan, ular 20 yoshda.
Hodisa 12 aprel kuni sodir bo‘lgan. Kechqurun soat sakkiz yarimda, 30 nafar kursant va ularning komandiri bo‘lgan mayor Botkin va Akademik Lebedev ko‘chalarining kesishgan qismida to‘xtab turgan. Bir kursant o‘tib ketayotgan dog‘istonlik yigitning sumkasiga tegingan. O‘rtada janjal chiqib, dog‘istonlik uch yigit 30 kishidan iborat vzvodni kaltaklay boshlagan.
O‘sha paytda mayor bir amallab janjalni tinchitib, vzvodni o‘z qismiga olib ketgan. Hozirda ikki kursant kasalxonaga tushgan. Ulardan birida bo‘yin umurtqasining sinishi, ikkinchisida qorin yumshoq to‘qimalarining jarohati mavjud.
Harbiy akademiya rahbariyati ushbu hodisani o‘rganib chiqib, darhol: "Nima uchun o‘ttiz kishi o‘zini himoya qila olmadi?" –deb savol bergan.
Mayor: “Albatta, biz ularni yo‘q qilib tashlay olar edik, lekin men bir vzvod askarlar uch bechorani urishyapti, degan gap tarqalib ketmasligi uchun to‘xtatdim, voqea Internetga tarqalib ketsa, jurnalistlar harbiylarning vahshiyliklari haqida yozishadi” deb aytgan. Hisobot qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi