Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Ukraina chegarasiga joylashtirilgan qo‘shinlari to‘laqonli hujum qilish uchun yetarli emas, deb hisoblamoqda International Crisis Group (ICG) xalqaro inqiroz guruhi tahlilchilari.
«Chegaraga Rossiya tanklari joylashtirilayotganiga qaramasdan, 2014-2015 yillarda Donbassni larzaga solgan qonli janglarning qaytarilishi ehtimoli yuqori emas», — deya qayd etgan harbiy mutaxassislar.
Tahlilchilarning fikricha, Donbassdagi vaziyatdan norozi Kreml qo‘shinlarni joylashtirish va tajovuzkor nutqi orqali Ukrainani yon bosishga majbur qilmoqchi.
Shu bilan birga, tahlilchilarning ta’kidiga ko‘ra, vaziyatdan xavotirlanishi va tashvish bildirishiga qaramasdan, «G‘arbning hech bir davlati Moskva bilan urush qilishni istamaydi».
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shinlarining mamlakat bo‘ylab harakatlanishi boshqa davlatlarga tahdid solmasligini va ularni tashvishlantirmasligi kerakligini aytgan.
G‘arb davlatlari yetakchilari Rossiyani o‘z qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaradan olib ketishga chaqirishmoqda, AQSH va NATO esa Ukraina sharqida vaziyat keskinlashgudek bo‘lsa, Kiyevga yordam berishga tayyorligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi