Foto: «Pixabay.com»
Kelgusi yillardagi global harorat Yerda 35 million yil oldin qayd etilgan darajaga yetadi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Atmosfera fizikasi institutining katta ilmiy xodimi Aleksandr Chernokulskiy ma’lum qildi, deb yozmoqda Tengrinews.
Chernokulskiy ssenariylardan birida global harorat qanday ko‘tarilishi mumkinligini aytib berdi.
«Hozircha biz qo‘llayotgan ‘odatiy biznes’ ssenariysida (issiqxona gazlarining antropogen chiqindilari kamaymaydi) harorat Yerni taxminan 35 million yil ortga qaytaradi», — dedi Chernokulskiy «Ekochashka» ekologik filmlar festivalida so‘zlagan nutqida.
Global harorat iqlim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi, lekin u Yer sayyorasida yana ulkan korkidonlar paydo bo‘lishini anglatmaydi, deb izoh berdi olim.
«Butun tizim boshqacha edi. O‘simliklar, qit’alarning joylashuvi butunlay boshqacha bo‘lgan. U paytda muz miqdori unchalik ko‘p emas edi, okean sathi, atmosferaning kimyoviy tarkibi ham boshqacha edi», — deb qo‘shimcha qildi Chernokulskiy. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)