Foto: «RBK»
Dunyoning eng qimmat shahri hisoblangan Xitoyning maxsus ma’muriy hududi Gonkong shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi. Kelajakda bu holatning davom etishi va ijara to‘lovlarining arzonlashishi kutilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar hukumatning milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilganidan keyin aholining Buyuk Britaniyaga ko‘chib ketishi bilan izohlanmoqda. Bu haqda Bloomberg Intelligence hisobotida ma’lum qilindi.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Gonkongda 2020 yil davomida 52 mingta uy bo‘shab qolgan. 2021 yilda esa bu ko‘rsatkich 18 yil oldin qayd etilgan eng yuqori natijani yangilashi mumkin. South China Morning Post gazetasining ma’lumot berishicha, agar ko‘chmas mulk egalarining bir foizi ko‘chib ketsa, uylarning 5,4 foizi bo‘shab qoladi. Natijada jami 66 mingta uy egasiz qolishi, ijara to‘lovi 10 foizga arzonlashishi mumkin.
Ba’zi oilalar ko‘chib ketishdan oldin uyini ijaraga bermay, sotib yuboradi. Sharlotta So ismli ayol turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan Kingston shahriga (Buyuk Britaniya) ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Ular Gonkongga qaytishni rejalashtirmagani uchun uyini me’yoridan pastroq narxda sotib yubordi.
«Muhit, qonun va saylov tizimlari, ta’lim tizimi doim o‘zgarib turadi. Biz o‘zimizni Gonkongga begonadek his qilamiz, yaqin ikki yil ichida bunday o‘zgarishlar hali ko‘p bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniya bola tarbiyasi uchun ma’qulroq va 40 dan oshganlar uchun qulayroq mamlakat», — deb izohladi u o‘z qarorini. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?