Foto: AFP/Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden prezident sifatidagi ilk xorijiy safarini iyunda amalga oshiradi. U yo‘l oladigan ilk xorijiy davlatlar Britaniya va Belgiya bo‘ladi.
«Ushbu safar Baydenning ittifoqdoshlarimizni tiklash, transatlantik munosabatlarni jonlantirish va global muammolarni hal qilish hamda Amerika manfaatlarining yanada ishonchliroq himoyasi uchun ittifoqdoshlarimiz va ko‘p tomonlama hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda ishlash tarafdori ekanini ko‘rsatadi», deb ma’lum qilingan Oq uyda.
Britaniyada Bayden 11–13 iyun kunlari Kornuollda o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etadi. Bu yerda AQSH prezidentining «Katta yettilik» davlatlari yetakchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
So‘ngra Bayden 14 iyunda o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etish uchun Belgiyaga yo‘l oladi. Alyans yetakchilari NATO tahdidlarga qanday javob berishi kerakligi hamda alyans ichidagi xarajatlarni samarali taqsimlash masalasini muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, Bayden Yevropa Ittifoqi–AQSH sammitida ishtirok etadi. Sammitda global xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, raqamli va savdo hamkorligini kengaytirish, iqlim o‘zgarishi, demokratiyani mustahkamlash va umumiy tashqi siyosiy muammolarni hal qilish masalalari muhokama qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi