Foto: EPA-EFE/ANNA MONEYMAKER/POOL
AQSH prezidenti Jo Bayden XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan voqealarni «armanlar genotsidi» deb atadi. Baydendan avvalgi AQSH rahbarlari bu terminni ishlatishdan qochishgandi.
«Har yili shu kunda biz Usmoniylar imperiyasi davrida armanlar genotsidi oqibatida halok bo‘lgan barchani xotirlaymiz va bunday yovuz ishlar takrorlanishining oldini olish majburiyatini olamiz», – deyiladi AQSH prezidentining ushbu voqea qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan tarqatilgan bayonotida.
O‘z navbatida, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Anqara Baydenning bu bayonotini to‘laligicha inkor etishini ma’lum qildi.
«So‘zlar tarixni o‘zgartira yoki qayta yoza olmaydi. Bizning o‘tmishimiz to‘g‘risida kimlardandir o‘rganadigan narsamiz yo‘q. Siyosiy opportunizm – tinchlik va adolatga eng katta xiyonat. Biz mutlaq populizmga asoslangan bu bayonotni butunlay inkor qilamiz», – deb yozdi u Twitter sahifasida.
Armanlar har yili 24 aprelni genotsid qurbonlarini xotirlash kuni sifatida nishonlaydi. Armanistonda bu kun dam olish kuni hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi