2 988
Olimlar koronavirusga chalingan insonlarda nima sababdan ta’m bilish hissi yo‘qolayotganini aniqladi
Foto: Pixabay
AQSH Milliy instituti tadqiqotchilari koronavirusga chalinganlarning aksariyatida nima sababdan ta’m bilish xususiyati yo‘qolib qolayotganini tushuntirib berdi. Bu boradagi tegishli ilmiy maqola bioRxiv’da e’lon qilingan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Olimlarning aniqlashicha, inson tilida joylashgan ta’m bilish retseptorlari angiotenzinni o‘zgartiruvchi 2 (ACE2) fermentiga ega. Ushbu fragment orqali SARS-CoV-2 virusi organizm hujayrasiga tushadi. Shu orqali koronavirus infeksiyasi yuqqan insonlarda ta’mni bilish hissi yo‘qoladi.
Tadqiqotga Jozefin Igan boshchilik qilgan bo‘lib, u o‘z jamoasi yordamida insonning minglab ta’m bilish retseptorlarini o‘rgangan.
Qayd etilishicha, til asosidagi urchuqsimon va uning orqa qismidagi qo‘ziqorinsimon II tip retseptor hujayralari tarkibida ACE2 fermenti mavjud bo‘lib, u viruslarning kirish nuqtasi hisoblanadi.
Tajribada ta’m bilish hissidan shikoyat qilgan koronavirusga chalingan 45 yoshli ayol va 63 yoshli erkak ishtirok etgan. Ularda til o‘lchamining kattalashishi, uning asoslarini qizarishi va ularning ta’m bilish kurtaklari ildiz hujayrasi qatlami o‘zgargani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi