3 097
Armaniston prezidentiga nisbatan ikki fuqarolikni yashirgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: TASS/ZUMA Wire/Xinhua
Armaniston bosh prokuraturasi prezident Armen Sarkisyanga nisbatan ikki fuqarolikka ega bo‘lganini yashirgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Armaniston advokatlar ittifoqi raisi Ara Zograbyan ma’lum qildi.
Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, Armaniston prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun oxirgi 6 yil davomida faqat arman fuqaroligiga ega bo‘lish kerak. Sarkisyan 2018 yil 2 mart kuni Armaniston prezidenti etib saylangan. Advokatlarning ta’kidlashicha, u 2003 yildan 2012 yilgacha Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgani sababli prezident saylovlarida qonunga xilof tarzda ishtirok etgan.
Zograbyanning ma’lum qilishicha, 53 nafar advokat Armen Sarkisyan ikki fuqarolikni yashirgani yuzasidan shikoyat arizasi topshirgan. Maxsus tergov xizmati advokatlarning arizasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortgan. Biroq bosh prokuratura xizmatning qarorini bekor qilib, «hujjatlarni soxtalashtirish» moddasi bo‘yicha Sarkisyanga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin