Foto: Balthazar Korab
Birlashgan Arab Amirliklarida avtomobilning ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat raqami millionlab dollarga sotildi, deb xabar beradi «Govorit Moskva».
«AA9» davlat raqami xayriya kechasida o‘z ismini oshkor etishni istamagan inson tomonidan xarid qilingan. Ushbu raqam uchun u 10 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xayriya tadbirida BAA bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad ibn Rashid Ol Maktum ham ishtirok etgan. Ta’kidlanishicha, xayriya kechasida tushgan mablag‘larning barchasi, ya’ni 13,2 million dollar kambag‘allarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan auksionda Ahmad al-Marzuqi ismli tadbirkor o‘z avtomobili uchun o‘n million dirhamga (qariyb uch million dollar) raqam sotib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi