21:47 / 07.05.2021
3 355

Rossiyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan harbiy snaryad portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Foto: club-tm.ru
Rossiyaning Volgograd viloyatidagi qazish maydonlaridan birida Ikkinchi jahon urushidan qolgan harbiy snaryadning portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat ma’muriyatiga asoslanib, Meduza xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning biri 1961 yilda tug‘ilgan erkak, ikkinchisi 2005 yilda tug‘ilgan bola.

Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, portlash viloyatdagi Samofalovka posyolkasidan 30 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Hodisa joyida Orenburg viloyatidan kelgan «Xotira» qidiruv guruhi a’zolari tomonidan qazish ishlari olib borilayotgan edi. Guruh tarkibi 12 kishi, shu jumladan, 2004–2005 yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar o‘spirindan iborat bo‘lgan.

«154.2 belgili ‘Ogurechnaya’ balandligidagi qazish ishlari paytida Ikkinchi jahon urushidan qolgan harbiy snaryadning portlashi sodir bo‘ldi. Unga yaqin turgan bir erkak va o‘spirin o‘limga olib kelgan jarohat bilan yaralandi», — deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.

Voqeadan keyin Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov maxsus buyruqlar berilgunga qadar mintaqadagi qidiruv guruhlari ishini to‘xtatib qo‘ydi. Tergov qo‘mitasi zudlik bilan tergovga qadar tekshiruv tashkil etilgani haqida xabar berdi. Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi jo‘natilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan harbiy snaryad portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi