Chexiya bosh prokurori Pavel Zeman iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Karel Gavlichek ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Lidové Noviny.
Gavlichekning aytishicha, vazirlar mahkamasi uning bu qarorini ma’lumot uchun qabul qilgan, ammo hukumat hozircha Zemanning iste’fosi sabablarini muhokama qilmagan.
Pavel Zeman aprelda Vrbetitsa qishlog‘idagi qurol-aslaha omborlarida 2014 yilda yuz bergan portlashlar terakt emasligini va bu ish bo‘yicha Chexiya konstitutsion tuzumi yoki mamlakat mudofaa salohiyatiga putur yetkazishga urinish aniqlanmaganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqealarni siyosat va OAVda qanday tasvirlash "siyosatchilarning ishi".
CT24 telekanalining xabar berishicha, Zemanning bosh prokuror sifatidagi mandati 30 iyunda tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, 17 aprelda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitsadagi hodisaga Rossiya bosh razvedka boshqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma’lum qildi. Bu ayblovlar Chexiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar taranglashishiga olib keldi.
Vrbetitsadagi portlashlar 2014 yil 16 oktabrda va 3 dekabrda yuz bergan. Portlashlar oqibatida 2ta ombor yo‘q bo‘lgan, 2 kishi
halok bo‘lgan.
Bir yarim oydan keyin birinchi ombordan bir kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa omborda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu yerda 100 tonnaga yaqin o‘q-dori saqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!