Foto: «India.com»
Hindistonda koronavirusga chalingan talaba 11 kun daraxtda o‘tirdi. U shu tariqa o‘zini izolyatsiya qilish tartibiga amal qilgan. Bu haqda India.com sayti xabar bermoqda.
Hindistonning Telengana shtati Nalgonda shahrida istiqomat qiluvchi Shiva ismli 18 yoshli yigit 4 may kuni yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganini bilib qolgan. Qarindoshlariga yuqtirib qo‘ymaslik maqsadida talaba o‘z uyining hovlisidagi daraxt shoxlariga karavot yasab olgan.
Shiva ko‘p vaqtini mobil telefonda gaplashish bilan o‘tkazdi. Qarindoshlari esa uning o‘zi qurgan maxsus ko‘tarish moslamasi yordamida oziq-ovqat bilan ta’minlab turishdi.
«Ko‘ngillilar mahalliy mutasaddilarga test sinovim musbat chiqqanligini aytgan-aytmaganini bilmayman. Hech kim yordamga kelmadi. Hamma virusdan qo‘rqadi va uydan chiqmaydi», — shikoyat qildi Shiva.
Talaba Hindiston janubidagi Haydarobod universitetida tahsil oladi. Taxminan bir oy oldin Haydarobodda COVID-19 bilan kasallanganlar soni ko‘payib ketganda, u uyiga qaytgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi