Foto: USGS
Olimlar Yerdagi eng ulkan vulqonning otilish xavfidan ogohlantirdi, deb yozmoqda Sci Tech Daily.
AQSHning Mayami universitetining Dengiz va atmosfera fanlari maktabi olimlari Gavayi orollaridagi Mauna-Loa vulqoni ostida magmaning to‘planishini qayd etdi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda vulqon ostida magmaning to‘planish jarayoni kechmoqda. Ularning tashqariga otilib chiqishi jiddiy zilzilaga va halokatli vulqon otilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va GPS stansiyalari yordamida o‘lchangan vulqonning yerdagi harakatlarini tahlil qildi. Ularning aniqlashicha, 2014 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda, taxminan, 0,11 kub kilometr magma vulqon ostida to‘plangan va uning janubigacha ko‘chib, 2,5—3 kilometrgacha chuqurlikka kirib borgan.
Shuningdek, olimlarning ma’lumot berishicha, 2015 yilda magma topografik balandligi ancha past bo‘lgan joylargacha kengayishni boshlagan. Bu jarayon 2017 yilgacha davom etgan va magma oqimi zaiflashib, avvalgi gorizontal holatiga qaytgan. Magmada avval bunday o‘zgarishlar kuzatilmagan bo‘lib, bu jarayon yaqinlashayotgan 6 balli zilzila va fojiali vulqon otilishining belgisi bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotning katta muallifi, professor Falk Amelungning qo‘shimcha qilishicha, zilzila «o‘yin qoidalari»ni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli chayqatishdan keyin shisha idishdagi gazli suv kabi zilzila ham magmadagi gazlarni chiqarib yuborishi mumkin.
Dengiz sathidan eng baland cho‘qqisigacha to‘qqiz kilometrni tashkil etuvchi Mauna-Loa yer yuzidagi eng ulkan vulqon hisoblanadi. Lava oqimining tezligi sababli uning otilganidan so‘ng evakuatsiya qilish uchun juda qisqa fursat bo‘ladi. 1950 yilda 6,3 balli zilzila va uning natijasida vulqonning otilishi sababli lava qirg‘oqqacha uch soatda yetib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin