19:25 / 28.05.2021
2 478

Honda narxi 5,4 mln dollardan boshlanadigan hashamatli samolyotni yaratdi (video)


Foto: Honda
Honda Aircraft Company aviatsiya bo‘linmasi yengil motorli HondaJet Elite S samolyotining yangi versiyasi tasvirlangan videorolik bilan bo‘lishdi. Marka vakillarining so‘zlariga ko‘ra, samolyotning yaxshilangan versiyasi biznes-aviatsiyaning yangi jahon standartiga aylangan, deb xabar beradi Motor.

HondaJet Elite biznes-jeti ilk bor Jenevadagi Yevropa ish aviatsiyasi ko‘rgazmasida taqdim etilgandi. Kompozit materiallardan tayyorlangan fyuzelyajga ega yengil motorli samolyot o‘z sinfidagi eng tinch va tezkor mashinaga aylangan. Modelning parvoz davomiyligi 2660 kilometrni tashkil etadi, innovatsion avtopilot tizimi, ko‘tarilish va qo‘nish boshqaruvi HondaJet Elite’ning dunyodagi eng xavfsiz biznes-samolyotlardan biriga aylantirgan.

Endilikda esa yapon kompaniyasining aviatsiya bo‘linmasi HondaJet Elite S nomi ostida mashinaning modernizatsiya qilingan versiyasini taqdim etdi. Biznes-jetning parvozi davomiyligi 222 kilometrga, yuk ko‘tarish qobiliyati 90 kilogrammga oshirilgan. Yaxshilangan model an’anaviy ovozli buyruqlarni aloqa aniqligi va samaradorligi uchun matnli xabarga aylantiradigan yangi avionika funksiyalariga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, rul boshqaruvining takomillashtirilgan tizimi uchuvchiga keladigan bosimni kamaytirib, xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Foto: Honda
HondaJet Elite S fyuzelyaji tillarang Luxe Gold, havorang Deep Sea Blue va kul rang Gunmetal ranglarida sotuvga chiqadi. Marka vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Hondaning innovatsion mashinasi chiqishi bilan biznes-aviatsiyada yangi standartni o‘rnatgan. HondaJet Elite S narxi 5,4 million dollardan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Honda narxi 5,4 mln dollardan boshlanadigan hashamatli samolyotni yaratdi (video)