Foto: Global Look Press
Xitoy yuani jahon savdosida eng ko‘p ishlatiladigan valyutalardan biriga aylanadi, deb ta’kidladi amerikalik milliarder, Bridgewater Associates investitsiya kompaniyasining asoschisi Rey Dalio. Bu haqda «Izvestiya» xabar berdi.
Dalioning prognozlariga ko‘ra, Xitoyning rasmiy raqamli valyutasi Amerika valyutasiga qaraganda ancha yashovchanligini isbotlaydi.
«Kelajakda odamlar valyutalarni o‘zi tanlaydi va kuchli iqtisodiy poydevorga ega valyutalar raqobatbardosh bo‘ladi, deb hisoblayman. Ko‘p mamlakatlar uchun bu xavfga aylanadi», — dedi Dalio CNBC telekanali bilan bo‘lgan suhbatda.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, AQSH iqtisodiyoti nafaqat yuanning mustahkamlanishi, balki mamlakatdagi ichki muammolar, xususan, amerikaliklarda qarzdorlik darajasining o‘sib borayotgani sababli ham xavf ostida qolishi mumkin.
26 may kuni TeleTrade bosh tahlilchisi Mark Goyxman Rossiya rublining geosiyosatda ijobiy ma’lumotlar va moliya bozorlaridagi xavfga bardoshlilik fonida may oyining oxirigacha mustahkamlanib borishini aytgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden va Vladimir Putinning 15—16 iyun kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi haqidagi xabarlardan so‘ng investorlarda umid paydo bo‘ldi.
Yanvar oyida The Economist gazetasi Rossiya rublini dunyoning eng past baholangan valyutasi deb atadi. «Bigmak indeksi»ga muvofiq tahlilchilar shunday xulosaga kelgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, rubl deyarli 70 foizga, tuzatishlarni hisobga olgan holda mamlakatdagi aholi jon boshiga YAIM darajasi bo‘yicha esa deyarli 50 foizga pastroq baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi