Kadr: Telegram
Xitoyda Lamborghini Aventador egasi shashlik pishirishning original usulini sinab ko‘rishga qaror qildi. An’anaviy mangal bilan tabiat qo‘yniga chiqish o‘rniga u superkarining gaz chiqarish trubasi yordamida avtoturargohning o‘zida go‘sht pishirishga kirishgan. Biroq barchasi kutilganidek bo‘lmagan: avtomobil quyuq tutun chiqara boshlagan, «oshpaz» esa o‘z g‘oyasi omadsiz ekanini tan olishga majbur bo‘lgan. Vahima qilayotgan Aventador egasining videosi Xitoy OAVlari tomonidan e’lon qilindi, deb xabar beradi Motor.
Mazkur hodisa Xunan provinsiyasidagi Chansha shahrida sodir bo‘lgan. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, Lamborghini Aventador Ferrari va boshqa superkarlar bilan birga bitta avtoturargohda bo‘lgan. Erkak gaz chiqarish trubasi oldiga o‘tirgan va do‘stidan gaz tepkisini bosishni so‘ragan — natijada V12 Aventador baland ovozda olov «purkay» boshlagan.
Avvaliga barchasi yaxshi ketgan, biroq qanchadir vaqt o‘tgach, superkarning motor bo‘lmasidan quyuq tutun chiqa boshlagan. Video davomida shashlikchi qizib ketgan superkarning tomini ochib, undan nari ketgan. Ma’lum qilinishicha, tutunning yuzaga kelishiga sovituvchi suyuqlikning oqib ketgani sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi