Foto: «Instagram»
Er-xotin bir yil ichida surrogat onalar yordamida 20 nafar farzandni dunyoga keltirishdi, deb yozmoqda «Mirror» gazetasi. Bolalarga qarash uchun yollangan 16 nafar enaganing o‘ziga yiliga 67,7 ming funt sterling sarflashmoqda.
Rossiyalik 23 yoshli Kristina O‘zturk 57 yoshli bo‘lg‘usi eri — millioner Galip O‘zturk bilan Gruziyaga sayohati davomida tanishgan. Xabarda aytilishicha, turk tadbirkori o‘z vatanida bir umrga qamoqqa hukm qilinganidan so‘ng bu yerga qochib kelgan ekan...
Ular turmush qurishdi, keyin katta oila haqidagi qarashlari mos keldi... Katta pul sarflab, surrogat onalar yordamida 20 nafar bolani dunyoga keltirishdi. Aytilishicha, go‘daklarning eng kattasi — 14 oylik, eng kichigi — 4 oylik.
Ammo er-xotinning oldingi turmushidan ham farzandlari bor ekan. Kristinaning olti yashar qizi bor, Galipning Turkiyada qolib ketgan oilasida esa naq to‘qqiz nafar farzandi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi