Foto: «Dunya News»
Niderlandiyaning Voortxeyzen qishlog‘ida yashovchi oshpaz dunyodagi eng qimmat burgerni tayyorladi. Bu haqda Dunya News nashri xabar bermoqda.
De Daltons restoranidan Robbert Yan de Veyen Ginnesning Rekordlar kitobini varaqlab o‘tirganda 2011 yili Amerikaning Oregon shtatidagi restoranlardan biri dunyodagi eng qimmat gamburgerni yaratganiga ko‘zi tushdi.
«O‘sha burgerning narxi taxminan 5 ming dollar bo‘lib, og‘irligi 352 kilogrammni tashkil etgan. Bunday taomni yolg‘iz kishi yeya olmaydi. Shu bois men bundan ham yaxshirog‘ini uddalashim mumkin, degan qarorga keldim», — dedi oshpaz.
Veyen bir kishi uchun, lekin eng qimmat mahsulotlardan kichik burger tayyorlashga ahd qildi. U marmar mol go‘shtidan kotlet, iste’molga yaroqli oltin va Dom Pérignon shampani qo‘shilgan bulochkadan foydalandi. Bundan tashqari, uning ijod mahsuliga Macallan viskisi qo‘shilgan barbekyu qaylasi bilan beluga ikrasi ham kiritildi.
Taomning yakuniy bahosi jahon rekordini yangiladi: u choychaqa va soliqlarni hisobga olmaganda 5964 AQSH dollarini tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi