«Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi doirasida AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod O‘zbekistonga tashrif buyurdi va tadbir oldidan mahalliy hamda xorijiy OAV vakillari bilan uchrashdi.
Jurnalist Gulnoza Husanova Zalmay Xalilzoddan AQSH Afg‘onistondagi harbiy harakatlar uchun 1 trln dollardan ortiq xarajat qilgani, katta qurbonlar berilgani, bugungi kunda Afg‘onistonning katta qismi «Tolibon» nazoratiga o‘tgani AQSHning barcha sa’y-harakatlarini yo‘qqa chiqarib qo‘yayotgani haqida savol berdi.
«20 yil oldingi Afg‘oniston va bugungi Afg‘oniston farq qiladi. Har safar Kobulga borganimda buni his qilaman. O‘tgan davr davomida Afg‘onistonda davlat boshqaruvi shakllandi, demokratik institutlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. «Al-Qoida» tashkiloti yo‘q qilindi.
Toliblar bilan muzokaralar davomida ular qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslik, Afg‘oniston hududini AQSH va uning ittifoqdoshlariga qarshi kurashuvchi maydonga aylantirmaslikka so‘z berdilar», deya javob berdi AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi
Putin: Ikkinchi jahon urushi haqidagi haqiqatni buzib ko‘rsatishga urinishmoqda
Germaniyaning «Bayer» klubi 60 yillik rekordni yangiladi
Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi
Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi
Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o‘rganib qaytdi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi