23:14 / 20.07.2021
5 906

Kuzminkidagi ommaviy mushtlashuvdan so‘ng Moskvada «Migrant» operatsiyasi boshlandi


Moskva politsiyachilari «Migrant» shartli nomi ostida operatsiya o‘tkazishni boshladi: «Kuzminki» metro stansiyasi yonidagi mushtlashuvdan so‘ng ular har kuni o‘nlab migrantlarni ro‘yxatga olmoqda. Bu haqda Baza Telegram-kanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Moskvaning barcha rayonlaridagi politsiya bo‘linmalariga MDH mamlakatlaridan kelgan migrantlar olib kelinmoqda. Politsiyachilar ularni suratga tushirib, barmoq izlarini olmoqda, ma’lumotlar bazasiga kiritmoqda. Har bir bo‘linmaga kuniga o‘n nafargacha migrant olib kelinyapti.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni Moskvada «Kuzminki» metro bekati yonida markaziy osiyolik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani xabar qilingandi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuvda 50dan 200 nafargacha odam ishtirok etgan. OAVda mojaro o‘zbek va qirg‘iz ishchilari o‘rtasida ro‘y bergani aytilgandi.

Keyinroq Moskva shahar IIV bosh boshqarmasi ommaviy mushtlashuvda Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari qatnashgani, uning ishtirokchilari Rossiyadan deportatsiya qilinishi haqida xabar qildi.

Bundan tashqari, ular sud qaroriga ko‘ra, jarimaga tortiladi. «Qator shaxslarga nisbatan» Rossiyaga kirish taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuzminkidagi ommaviy mushtlashuvdan so‘ng Moskvada «Migrant» operatsiyasi boshlandi