Foto: «Profile»
Sayyoramiz ahli kechayotgan kurashda yengishning uddasidan chiqmagan koronavirus pandemiyasi butun dunyo uchun sinovdir. Bugungi kunda zabtiga olgan COVID-19ning eng xavfli turi — delta o‘rniga bundan ham battarrog‘i kelishi ehtimolda yo‘q emas. Tokioda Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan 138-sessiyasida so‘z olgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ana shularni ta’kidlaganini yozmoqda «Profile».
«Hozir eng ko‘p ziyon «delta» nomli mutatsiyadan yetmoqda. Biroq koronavirus infeksiyasi tarqalishi shu zaylda ketsa, uning turlari ham ko‘payib boradi, eng yomoni, ana shu shtammlardan biriga vaksinalar kor qilmasligi mumkin. Va insoniyat yana COVID-19 pandemiyasining ibtidosiga qaytishi, hammasi boshqatdan boshlanishi mumkin», — dedi JSST rahbari.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Tokio Olimpiadasi yakuniga yetadigan 8 avgustgacha jahonda 100 mingdan ziyod inson koronavirus oqibatida vafot etadi, ta’kidladi Gebreyesus. Pandemiyani to‘xtatish va iqtisodiyotni tiklashning yo‘li faqat vaksinatsiya, har bir davlat aholisining 70 foizi emlanishi shart, dedi u. Agarda har bir mamlakat bu ishga jiddiy kirishsa ushbu 70 foizlik ko‘rsatkichga kelgusi yilning o‘rtalariga borib erishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi