Foto: «Lenta.ru»
Ispaniyaning Teruel viloyati Griyegos shahri bepul uylar va ish joylarini taklif qildi. Shu tariqa hukumat bolali yosh oilalarni jalb qilish hamda mahalliy maktabni yopilishidan qutqarib qolishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda «The Olive Press» nashri.
Shahar hokimiyati 2021 yil iyun oyida «Bo‘sh Ispaniya» nomli loyihani boshladi. U oilalarga turar joy uchun uch oylik ijara haqini to‘lab berishni taklif qildi. Kelgusida yangi ko‘chib kelganlar har oy uy uchun 225 yevro to‘laydi. Har bir bola uchun ushbu qiymatdan 50 yevro ushlab qolinadi. Ishga joylashish borasida muhojirlarga masofadan ishlash yoki mahalliy Paladar de Aragon restoranida ish taklif qilishdi.
Ushbu tashabbus shahar meri o‘rinbosari Ernesto Agustiga tegishli. U aholining kirib kelishi shaharda depopulyatsiya muammosini hal qilishni hamda o‘quvchilarning paydo bo‘lishi maktabni ish bilan ta’minlashini rejalashtirmoqda. Ta’lim jarayonini davom ettirish uchun muassasaga kamida 11 o‘quvchi qatnashi talab etiladi.
Griyegosda 138 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan, ulardan 9 nafari maktab yoshidagi bolalardir. Hukumatga ko‘chib o‘tish to‘g‘risida 3000 ga yaqin ariza kelib tushgan. Agustining so‘zlariga ko‘ra, xohlovchilar butun Ispaniyadan, shuningdek Lotin Amerikasi, Xorvatiya va Ruminiyadan yozishmoqda. Ayni paytda mahalliy kengash ko‘chib o‘tishga ruxsat beriladigan oilalar ro‘yxatini tuzish bilan mashg‘ul.
2021 yil may oyida Ispaniya «Siz o‘z uyingizga munosibsiz» (Te mereces tu propia casa) deb nomlangan uy-joylarni keng miqyosda sotishni e’lon qildi. Arzonroq ob’ektlarning aksariyati Valensiya, Murciya va Andalusiyada joylashgan. Hammasi bo‘lib 1,2 mingga yaqin uy 70 ming yevrogacha narxga sotilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi