18:30 / 26.07.2021
5 133

TikTok’da Leonardo Di Kaprioning egizagi paydo bo‘ldi (video)


Foto: Legion Media
TikTok ijtimoiy tarmog‘ida @Cody_the_prodigy nikli foydalanuvchi hamkasbi bilan tushgan roligini e’lon qilib, o‘z akkauntini mashhur qilib yubordi, deb yozadi Esquire.

«Bu yigit Leonardo Di Kaprioga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi», — deb yozadi tiktoker rolikka va millionlab internet foydalanuvchilar uning fikriga qo‘shilgan.

Qisqa vaqt ichida video 4,5 millionta layk to‘plagan va 22,7 million martadan ortiq tomosha qilingan. Di Kaprio egizagining ismi Jeyms Reynolds. Uning hamkasbi Reynolds bilan tushgan videolarini joylashtirishni davom etgan.

Keyinroq tiktoker Jeymsga birinchi rolikdagi tomosha qilinishlar sonini ko‘rsatib, uning reaksiyasini videoga olgan.
Shundan so‘ng Jeyms ham TikTok’da akkaunt ochgan, ammo hozirda uning obunachilari u qadar ko‘p emas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » TikTok’da Leonardo Di Kaprioning egizagi paydo bo‘ldi (video)