Malika Diananing to‘yidagi tort bo‘lagi auksionga qo‘yildi

1 daqiqa o'qish3.1K
Malika Diananing to‘yidagi tort bo‘lagi auksionga qo‘yildi
Foto: Getty Images
Shahzoda Charlz va malika Diananing to‘y marosimidagi tort bo‘lagi Angliyadagi Glostershir auksioni orqali sotiladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, 1981 yilning iyulida aynan ushbu tort bo‘lagi qirollik oilasi a’zosi hisoblanuvchi Moyra Smitga nasib etgan. Shirinlikda tillarang, qizil, ko‘k va kumush rangga bo‘yalgan qirollik gerbi tasvirlangan.

Smit tortni tunuka idish yordamida saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Unga «Ehtiyot bo‘lib tegining — shahzoda Charlz va malika Diananing to‘y torti» degan yozuv hamda 1981 yil 27 iyul sanasi tushirilgan.
Malika Diananing to‘yidagi tort bo‘lagi auksionga qo‘yildi
Foto: Twitter / BBCGlos
Malika Diananing to‘yidagi tort bo‘lagi auksionga qo‘yildi
Foto: Twitter / BBCGlos
Shuningdek, ayol yegulikni oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan plyonka bilan o‘rab qo‘ygani sabab tort yaxshi holatda saqlangan. Biroq 2008 yilda Smitning oilasi tortni xususiy kolleksionerlardan biriga sotib yuborgan.

Tortning tashqi ko‘rinishi odamning ishtahasini ochishiga qaramay, auksion tashkilotchilari uni yemaslikni maslahat beradi. Auksion 11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Qandolatchilik mahsuloti 300—500 funt sterlingga sotilishi kutilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?