Foto: ZUMA
Avstriya Fan va texnologiya institutining bir guruh olimlari ko‘plab mamlakatlarda cheklovlar olib tashlanganidan keyin koronavirusning yangi shtammlari tarqala boshlaganini aniqladi. Olimlarning ishi Scientific Report jurnalida chop etilgan.
Olimlar epidemiologik model yaratib, COVID-19 mutatsiyalarining paydo bo‘lishi ikki omilga bog‘liqligini aniqladi: emlangan aholi ulushi va infeksiya yuqtirganlarning chegara soni.
«SARS-CoV-2 tarqalishiga juda o‘xshash parametrlardan foydalanib, biz pandemiya to‘lqinini modellashtiryapmiz hamda vaksinatsiya sur’ati va farmatsevtik bo‘lmagan choralar samaradorligining vaksinaga chidamli shtamm paydo bo‘lishi ehtimoliga ta’sirini ko‘rib chiqyapmiz. Kutilganidek, yuqori darajadagi vaksinatsiya bunday shtammning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishini aniqladik», — deyiladi tadqiqotda.
Olimlarning ta’kidlashicha, odamlar emlangandan keyin ham niqob taqishni va ijtimoiy masofa saqlashni davom ettirishi kerak. Ularning fikricha, mamlakatlarda vaksinatsiya sur’atining har xil ekani tufayli hozirda kishilarning erkin harakatlanishi kasallanish xavfini tug‘diradi, shuningdek, aholi orasida yangi xavfli shtammlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, pandemiyani yengish uchun dunyo aholisining ko‘p qismini (kamida 60 foiz) emlash kerak.
«Oddiy tavsiyalardan biri bu — virusni past darajada ushlab turishdir. Buni hatto aholining ko‘p qismi emlangan bo‘lsa ham, muayyan vaqt davomida dori-darmonlarga oid bo‘lmagan choralar bilan, ya’ni ijtimoiy masofaga qat’iy rioya qilish orqali amalga oshirish mumkin. Ommaviy emlash paytida farmasevtik bo‘lmagan choralarni qo‘llash, vaksinaning samaradorligi ideal bo‘lmagan taqdirda ham infeksiyaning kamayishiga yordam beradi», — deydi olimlar.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu choralarni yanada samaraliroq qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha omillar orasida quyidagilar ham bor:
- keng qamrovli testlar;
- aloqalarni diqqat bilan kuzatish;
- ijobiy holatlarni yuqori darajada virusli sekvenlash;
- harakatlanish bo‘yicha cheklovlar.
Olimlarning ta’kidlashicha, global muvofiqlashtirish bo‘lmasa, ba’zi populyatsiyalarda vaksinaga chidamli shtammlar mag‘lub bo‘lishi ammo boshqalarda saqlanib qolishi mumkin. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, chidamli shtammning global tarqalish ehtimolini kamaytirish uchun butun dunyo bo‘ylab vaksinatsiya sur’atini oshirish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi