Prezidentlar konsert tomosha qilishdi

Prezidentlar konsert tomosha qilishdi
«Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo xalqlarining milliy taomlari festivali va tantanali konsert bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlar konsert tomosha qilishdi
Prezidentlar dastlab milliy taomlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.
Prezidentlar konsert tomosha qilishdi
So‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari san’at ustalari ishtirokida tantanali konsert dasturi bo‘ldi. Folklor-etnografik ansambllar va estrada xonandalarining chiqishlari zamonaviy sahna bezaklari bilan uyg‘unlashib, ajib manzara hosil qildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar xalqlarimiz birligi, madaniy yaqinligini yaqqol namoyon etdi.
Prezidentlar konsert tomosha qilishdi
Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlar, shuningdek, yetakchi ayollar muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan sammitning yangi bosqichga chiqqanidan dalolat beradi.
Prezidentlar konsert tomosha qilishdi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar