
Rossiyalik vrach Yuliya Lotsmanova koronavirus yuqtirish natijasida xotira pasayganda nimalar qilish mumkinligi bo‘yicha maslahatlar berdi.
Kognitiv qobiliyatlarni tiklash uchun mutaxassis nazdida quyidagilar muhim:
«Xotira va e’tiborni tiklash uchun ma’lum jismoniy mashqlar - barmoq gimnastikasi mavjud. Bu nozik vosita ko‘nikmalarini mukammal rivojlantiradi, xotirani tiklaydi, konsentratsiyani rivojlantiradi. Fikrlash jarayonini yaxshilaydi», — deydi u «Govorit Moskva» radiosi efirida.
Shifokor shuningdek, bemorlarga ko‘proq o‘qishni, musiqa tinglash va xayolda hisoblashni mashq qilishni maslahat berdi.
Xotiradagi jiddiy muammolar bo‘lsa Lotsmanova mutaxassislarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar