20:53 / 18.08.2021
6 219

Afg‘oniston elchisi Ashraf G‘ani davlat g‘aznasidan qancha pul o‘g‘irlaganini aytdi

Afg‘oniston elchisi Ashraf G‘ani davlat g‘aznasidan qancha pul o‘g‘irlaganini aytdi
Foto: Reuters
Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘ani davlat g‘aznasidan 169 million dollarni o‘g‘irladi. Bu haqda Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Akbar ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Zohir Akbar G‘anining qochishini «davlat va millatga xiyonat» deb atadi.

U shuningdek, sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solihni davlat rahbari deb tan oldi. Elchining qo‘shimcha qilishicha, mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, «prezident yo‘qligida, qochib ketganida yoki vafot etganida» davlatni uning birinchi o‘rinbosari boshqaradi.

17 avgust kuni sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solih Ashraf G‘anidan farqli o‘laroq mamlakatni tashlab qochmaganini ma’lum qildi va o‘zini Afg‘oniston rahbari deb e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston elchisi Ashraf G‘ani davlat g‘aznasidan qancha pul o‘g‘irlaganini aytdi