
AQSH hukumati toliblar qo‘liga tushgan harbiy texnikalarga aviazarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Axios.
Qayd etilishicha, Vashington harbiy texnikalarni ISHID egallab olishi yoki "Tolibon" qurollarni Xitoy yoki Rossiyaga berishi mumkinligidan tashvishlanmoqda.
"Biz afg‘on kuchlaridan tortib olingan Amerika qurollari bilan qurollangan "Tolibon" jangarilarini ko‘rdik. Bu Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari uchun jiddiy tahdid uyg‘otadi", – dedi vakillar palatasi a’zosi Maykl MakKol.
Qayd etilishicha, zarbalar 2000dan ortiq bronetransportyor va 40tagacha samolyotni o‘z ichiga olgan nishonlarga berilishi mumkin. Shu bilan birga, Oq uy bunday qadam toliblarni g‘azablantirishidan xavfsiramoqda.
AQSH HukumatiToliblar Qo‘ligaHarbiy TexnikalarAviazarbalar BerishVashington TahdidiAfg‘on Kuchlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar